Tashkilotlar

cusp
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi milliy merosni targ‘ib etib, mamlakatning xalqaro madaniy maydondagi salohiyatini namoyon etadi. Jamg‘arma san’at, me’morchilik, musiqa, adabiyot va teatr sohalarida loyihalarni amalga oshiradi, muzey makonlarini yangilaydi hamda madaniyat muassasalarida inklyuziv muhitni shakllantiradi. Jamg'arma yirik infratuzilma loyihalariga tashabbus ko‘rsatadi, homiylik va xayriya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda madaniyat sohasiga zamonaviy amaliyotlarni joriy etib, barqaror rivojlanish va professional o‘sish uchun sharoit yaratadi.

Batafsil
Toshkent zamonaviy san’at markazi

Toshkent zamonaviy san’at markazi

Toshkent zamonaviy san’at markazi Markaziy Osiyodagi zamonaviy san’at sohasida ko‘rgazmaviy, tadqiqot va ta’lim amaliyotlarini birlashtirgan ilk institutdir. XX asr boshlariga oid qayta tiklangan tarixiy binoda joylashgan CCA ijodiy almashinuv, fanlararo loyihalar va xalqaro hamkorlik uchun dinamik platformani taqdim etadi. Doktor Sara Raza badiiy rahbarligi ostida markaz dolzarb madaniy kun tartibini shakllantirib, O‘zbekistonda zamonaviy san’at rivoji uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Batafsil
Respublika bolalar kutubxonasi

Respublika bolalar kutubxonasi

Respublika bolalar kutubxonasi — XIX asrga oid tarixiy bino negizida tashkil etilgan va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan yangilangan zamonaviy jamoat makonidir. Kutubxona boy kitob fondi, ta’limiy dasturlar, ijodiy to‘garaklar hamda 3 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan mahorat darslarini birlashtiradi. Bu yerda tarixiy meros zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unlashib, yosh kitobxonlar va ularning oilalari uchun ochiq va rivojlantiruvchi muhit yaratiladi.

Batafsil