Eksponatlarni saqlash bo‘limi boshlig‘i

cusp

Zamonaviy san’at markazi Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi huzurida o‘z jamoasiga mutaxassislarni taklif etadi.

Ish tavsifi

Vazifalar:
• Eksponatlar va fond materiallarini saqlashni tashkil etish va nazorat qilish
• Kolleksiya bilan ishlash standartlarini ishlab chiqish va joriy etish
• Hisob, hujjatlar va arxivlarni yuritish
• Kuratorlar, rassomlar, restavratorlar va mutaxassislar bilan hamkorlik
• Saqlash xavfsizligi va zarur sharoitlarni ta’minlash

Talablar:
• Oliy ma’lumot (muzey ishi, san’atshunoslik, arxiv ishi yoki turdosh yo‘nalishlar)
• Muzey kolleksiyalari, fondlar yoki arxivlar bilan ishlash tajribasi
• Tashkiliy ko‘nikmalar va detallarga e’tibor
• Mas’uliyat va jamoada ishlash qobiliyati

Sharoitlar:
• Ish jadvali: 5/2
• Madaniy va professional muhit
• Ko‘rgazma va kolleksiya loyihalarida ishtirok
• Ish haqi — suhbat natijalariga ko‘ra