Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Zamonaviy san’at markazi jamoasiga ishga qabul qilishni e’lon qiladi.
Vazifalar:
• Markazning ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, joriy etish va rivojlantirish
• Bo‘lim va loyiha jamoalari faoliyatini muvofiqlashtirish
• Ta’lim va ma’rifiy loyihalarni shakllantirish va yuritish
• Ekspertlar, kuratorlar hamda ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlar bilan hamkorlik
Talablar:
• Oliy ma’lumot
• Ta’lim, madaniyat yoki kreativ industriya sohasida ish tajribasi
• Boshqaruv ko‘nikmalari va loyiha asosida fikrlash
• Fanlararo muhitda ishlash qobiliyati
• Zamonaviy san’at va ta’lim tashabbuslariga qiziqish
Sharoitlar:
• Ish jadvali: 5/2
• Professional madaniy muhitda faoliyat
• Muhim ta’limiy va xalqaro loyihalarda ishtirok
• Ish haqi — suhbat natijalariga ko‘ra