Orol maktabi ofisning kundalik ishlarini tashkil etish va jamoa hamda hamkorlar bilan ishlash uchun ofis menejerini qidirmoqda.
Majburiyatlar:
Ofisning kundalik ishlarini tashkil etish va qo'llab-quvvatlash, jamoa a'zolari, hamkorlar va yetkazib beruvchilar bilan muloqot qilish, hujjat oborotini va arxivni yuritish, ofisda tartibni ta'minlash va zaxiralarni nazorat qilish (kanstovarlar, sarf materiallari).
Talablar:
Qoraqalpoq, o'zbek, rus va ingliz tillarini bilish, kompyuter va ofis dasturlaridan ishonchli foydalana bilish, mas'uliyatlilik, vaqtni qadrlash, tashkilotchilik, ofisda ishlash tajribasi va hujjatlar bilan ishlash qobiliyati.
Shartlar:
Ish jadvali: dushanba-juma, 09:00 dan 18:00 gacha. To'lov kelishuv asosida (shartnoma bo'yicha).