Fotosuratchi

cusp

Respublika bolalar kutubxonasi fotosuratchi lavozimiga tanlov e’lon qiladi Biz turli yo‘nalishlarda — reportajdan tortib mavzuli tasvirga olishgacha bo‘lgan ishlashni biladigan, jarayonni mustaqil tashkil etishni uddalaydigan va natija ko‘rsata oladigan mutaxassisni izlayapmiz.

Ish tavsifi

Vazifalarga nimalar kiradi:

– kutubxona tadbirlarini suratga olish;

– kutubxonaning vizual arxivini yaratish;

– ijodiy suratga olish uchun g‘oyalar va ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent ishlab chiqishda ishtirok etish.


Nomzoddan kutilmalarimiz:

– reportaj va obyektli tasvirga olish bo‘yicha ishonchli ko‘nikmalar;

– tashabbuskorlik va kreativ yondashuv;

– aniqlik va kompozitsiyani his eta olish qobiiyati;

– moslashuvchanlik va o‘sishga intiluvchanlik.


Shartlar:

– to‘liq bandlik (asosiy shtat bo‘yicha);

– Toshkentdagi ofisda ishlash, mamlakatimiz bo‘ylab xizmat safarlariga chiqish ehtimoli bor;

– mehnat shart-sharoitlari suhbat jarayonida kelishib olinadi.


Ariza qanday topshiriladi?

Tarjimai hol va motivatsion xatingizni info@acdflibrary.uz manziliga yuboring. Xat mavzusida, iltimos, quyidagilarni ko‘rsating: bo‘sh ish o‘rni nomi / ism-familiyangiz