Shaxmat ustozi

cusp

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi shaxmat o‘qituvchisi lavozimiga bo‘sh ish o‘rni e’lon qiladi. Biz bolalar va kattalar uchun muntazam mashg‘ulotlar o‘tkaza oladigan, ishtirokchilarda asosiy va ilg‘or o‘yin ko‘nikmalarini shakllantirishga qodir, strategik fikrlashni rivojlantirishga ko‘maklashadigan hamda shaxmat to‘garagining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlaydigan o‘qituvchini izlayapmiz.

Ish tavsifi

Vazifalarga nimalar kiradi?


— bolalar va kattalar uchun shaxmat bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazish;

— turli yosh guruhlari va tayyorgarlik darajalariga mos keladigan uslubni tanlash;

— o‘yin madaniyati: hurmat, e’tibor, sabr-toqatni shakllantirishga ko‘maklashish;

— mavsumiy musobaqalarni tashkil etish.

Biz kutgan nomzod:

— turli yosh va toifadagi kishilarga shaxmat o‘ynash va o‘rgatish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish (o‘yinni endi o‘zlashtirganlardan boshlab tajribasi bor o‘yinchilargacha);

— ilhomlantira olish, tahsil berish va qo‘llab-quvvatlash mahorati;

— o‘zbek va rus tillarini bilish;

— e’tiborlilik, ishonchli va do‘stona munosabat.



Shartlar

— qisman bandlik;

— Toshkentda joylashgan kutubxonada bevosita ishlash;

— tafsilotlar suhbat jarayonida muhokama qilinadi.


Murojaat etish tartibi 

Tarjimayi hol va shijoatkor ruhda yozilgan qisqa maktubni info@acdflibrary.uz manziliga yuboring. Xat mavzusida quyidagilarni ko‘rsating: bo‘sh ish o‘rni / ism-sharif