Nashriyot dasturi yordamchisi

cusp

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi noshirlik loyihalari bo‘yicha yordamchi lavozimi uchun bo‘sh ish o‘rni e’lon qiladi. Siz kutubxonaning nashriyot dasturini boshqarishda yordamlashish, loyihalarni ipidan-ignasigacha bilish, hisobotlar to‘plash va kitoblarning nafaqat nashri, balki o‘z o‘quvchisini topguncha ko‘maklashishingiz lozim bo‘ladi.

Ish tavsifi

Vazifalar ko‘lami:

— kutubxonaning nashriyot-matbaa loyihalariga — g‘oyadan tortib, kitob nashrdan chiqquncha boshchilik qilish: taqvim, bosishga berish muddatlari va bosqichlarini nazorat qilib borish;

— pudratchi va buyurtmachilar: muharrirlar, dizaynerlar, rassomlar, bosmaxonalar, hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish;

— loyihalar bo‘yicha hujjatlar aylanishi: shartnomalar, hisobvaraqlari, hujjatlarning yakuniy dalolatnomalarini rasmiylashtirish;

— nashriyot dasturi va maxsus loyihalar bo‘yicha hisobot taqdimotlarini to‘plash va yangilab borish;

— mualliflar va kitob do‘konlari bilan muloqot qilish, ular bilan barqaror ishchi munosabatlarini o‘rnatishga ko‘maklashish;

— shartnomalarni tuzishdan tortib to‘lovgacha bo‘lgan bosqichni huquqshunoslar va buxgalteriya bilan birgalikda yuritish;

— noshirlik dasturi va u bilanbog‘liq tadbirlar taqvimini yuritish;

— kutubxonada va undan tashqarida o‘tkaziladigan tadbirlar: kitoblar taqdimoti, ma’ruzalar, mualliflar bilan uchrashuvlar, munozaralarni tashkil etish va o‘tkazishda yordam berish.


Biz kutgan nomzod:

— nashriyot, madaniy yoki ta’lim loyihalaridagi tajriba yoki loyiha/akkaunt menejmenti ko‘nikmasi;

— kitoblarga bo‘lgan muhabbat va bolalar hamda voqei hikoyalarga asoslangan adabiyot mutolaasiga qiziqish;

— hujjatlarda aniqlik, jadvallar, taqvimlar hamda taqdimotlar bilan to‘g‘ri ishlash;

— ishbilarmonlik yozishmalari, bevosita va bilvosita muloqotni yo‘lga qo‘yish qobiliyati;

— rus va o‘zbek tillarini bilish, ingliz tilini ham bilishga afzallik beradi;

— Tartiblilik, mas’uliyatlilik, tafsilotlarga diqqat-e’tibor va yangiliklarka intiluvchanlik.


Shartlar

— to‘liq bandlik;

— Toshkent shahridagi idorada ishlash;

— tafsilotlar suhbat jarayonida kelishiladi.


Arizani qanday topshirish mumkin

Tarjimayi hol va shijoatli ruhda yozilgan qisqa maktubni info@acdflibrary.uz manziliga yuboring. Xat mavzusiga bo‘sh ish o‘rni / Bo‘sh ish o‘rni: Nashriyot dasturi yordamchisi /ism-sharifingizni yozing.