O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi jamoatchilik dasturi prodyuseri lavozimiga bo‘sh ish o‘rni e’lon qiladi. Biz jamoa bilan birgalikda ma’rifiy va ta’limiy tadbirlar, festivallar va bayramlarni tashkil etadigan hamda rivojlantiradigan mutaxassisni izlayapmiz. Kutubxonadagii prodyuser qamish izlaydi, yelkanlar uchun matolar kastingini o‘tkazadi, archa o‘yinchoqlarining nusxasini yaratadi va Joan Roulingga maktublar yuboradi. U tashkiliy jarayonni diqqat markazida ushlab turadi va jamoa bilan birga loyihani g‘oyadan tortib yakuniy natija sari olib boradi. Bu nafaqat muddatlar va kelishuvlar, balki ular ortidagi qadriyatlar va ma’nolar xususida ham qayg‘uradigan inson.
Zimmasiga kiradigan vazifalar:
– festivallar, maxsus loyihalar, ta’lim dasturlarini tashkil etish;
– loyihalarni g‘oyadan tortib yakuniy natijaga qadar yetkazish: konsepsiya, rejalashtirish, muddatlar va byudjetni nazorat qilish;
– mutaxassislar, jamoa va pudratchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish;
– loyihalarning yaxlitligini ta’minlash
– g‘oyadan tortib ro‘yobga qadar.
Nomzoddan kutilmalarimiz:
– auditoriya bilan ishlashning zamonaviy shakllariga qiziqish;
– madaniyat, san’at, ta’lim yoki tadbir dasturlari sohasida tajribaga ega bo‘lish;
– ham jarayon, ham qadriyatlarni diqqat markazida saqlay olish mahorati;
- tartiblilik, ikir-chikirlarga e’tibor va mas’uliyat.
Shartlar:
– to‘liq bandlik;
– Toshkentdagi idorada ishlash (mamlakat bo‘ylab xizmat safarlari bo‘lishi mumkin);
– shahar madaniy hayotini shakllantirishda ishtirok etish;
– qo‘shimch shartlar suhbat davomida kelishib olinadi.
Ariza qanday topshiriladi?
Tarjimayi hol va shijoatkor ruhdagi maktubingizni quyidagi manzilga yuboring:
info@acdflibrary.uz. Xat mavzusida quyidagilarni ko‘rsating: bo‘sh ish o‘rni / ism-sharif